Joriy yilning 29-avgust kuni tumanimiz Markaziy o’yingohi yonidagi maydonda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yillik bayram shodiyonalari bo’lib o’tdi. Bayram tadbiri “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori va g’oyasi osida o’tkazildi. Tadbirni tuman xokimi T.A.Bobolov so’zga chiqib, tantana qatnashchilarini hamda tumanimiz aholisini Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami hamda jonajon tumanimizning tashkil topganligiga 90 yil bo’lganligi munosabati bilan muborakbod etdi. Tadbirning badiiy qismida Madaniyat bo’limi san’atkorlari hamda bo’lim qoshida tashkil etilgan “Navro’zi ajam” ashulla va raqs xalq ansambli ijrosidagi diltortar kuy-qo’shiqlari hamda “Quvonch” bolalar xalq raqs dastasi raqqosa qizlarining go’zal raqslari ishtirokchilariga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Taniqli san’atkorlar estrada yulduzlari Rustam G’oyupov, Mustafo, Kaniza tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar bayramona kayfiyat ulashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida, aholi kayfiyatini ko‘tarish va madaniy-ma’rifiy hayotni boyitish maqsadida Oqqo'rg'on tumani Madaniyat bo'limi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqqo'rg'on tumani bo'linmasi bilan hamkorlikda 2025-yil 14- avgust kuni Oqqo'rg'on tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 27-son "Markaziy" madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “To'rg'ay ” folklor-etnografik xalq jamoasi hamda "Pari momolar" havaskorlik folklor jamoalari tamonidan Oqqo'rg'on tumani “Birlik” MFY hududida joylashgan "Orzu medikal" dam olish maskanida ko'ngilochar dam olish konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu konsert dasturi barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi. Milliy an’analar, jonli ijro va samimiy muhit barchaga zavq bag‘ishladi.
Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Toshkent viloyati Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida an’anaviy tarzda “Uzum sayli” festivali o’tkazildi. Uzum saylida Oqqo‘rg‘on tumani Madaniyat bo’limi qoshida tashkil etilgan “To’rg’ay” folklor-etnografik xalq jamoasi , “Pari momolar” folklor havaskorlik jamoasi hamda “Navro’zi ajam” ashula va raqs xalq ansambli o’zlarining chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
O‘qituvchi va murabbiylar doimo e’zozda!
Oqqo‘rg‘on tumani «Rayhon» tantanalar majmuasida yurtimiz hayotidagi qutlug‘ sana - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.Bayram tadbirini tuman hokimi o‘rinbosari J.Djanikulov kirish so‘zi bilan ochib berib, tadbir ishtirokchilariga tuman hokimi To‘ra Bobolovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Tadbirda o‘qituvchi va murabbiylarning zahmatli mehnati har qancha e’tibor va e’tirofga loyiq ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng tumanimiz ta’lim-tarbiya tizimida ibrat va fidoyilik namunalarini ko‘rsatib kelayotgan ustoz va murabbiylarni tuman hokimining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.Tanatanali tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan kuyva qo‘shiqlar ijro etildi.Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Oqqo‘rg‘on tumani Madaniyat bo‘limining ijodiy jamoalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Madaniyat va san’at sohasida fidokorona mehnat qilayotgan viloyat Madaniyat va san’at xodimlari uchun bayramona ko‘ngil ochar konsert dasturi tashkil etildi!
Tadbirda quyidagi jamoalar o‘z san’atini namoyish etdi:
“Navro‘zi Ajam” ashula va raqs xalq ansambli,
“To‘rg‘ay” folklor-etnografik xalq jamoasi,
“Quvonch” bolalar xalq raqs dastasi,
“Yodgor” bolalar namunali jamoasi
hamda barcha ijodiy jamoalar sahnada o‘zining betakror chiqishlari bilan tomoshabinlarga quvonch, faxr va ilhom baxsh etdilar.
Bu konsert — nafaqat madaniyat fidoyilari uchun bayram, balki ijodkorlar o‘rtasida do‘stlik, tajriba almashish va bir-birini qo‘llab-quvvatlash ruhini yanada mustahkamlovchi muhim voqea bo‘ldi.
Kuni kecha Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib, viloyatdagi konsert-tomosha muassasalari va folklor jamoalari faoliyati hamda ular tomonidan yaratilayotgan yangi asarlar bilan tanishdi.
Unda, yaratilayotgan yangi asarlarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida fikr bildirib, yangi asarlarni yaratishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tavsiyalar berdi.
Жорий йилнинг 10 февраль куни туман Mаданият саройида буюк мутафаккир ва давлат арбоблари — Алишер Навоий ҳамда Заҳриддин Муҳаммад Бобур таваллудига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.
Тадбирда туман ҳокими Тўра Боболов иштирок этиб, тадбирни очиб берар экан, ушбу икки буюк зотнинг ўзбек адабиёти ва маънавияти ривожида тутган ўрни беқиёс эканини таъкидлаб, ёш авлодни уларнинг бой илмий ва адабий меросидан самарали фойдаланишга чақирди.
Шундан сўнг туман маданият бўлими ходимлари томонидан тайёрланган саҳна кўринишлари, шеърий чиқишлар ҳамда қўшиқлар намойиш этилди. Тадбир давомида Навоий ва Бобур асарларидан парчалар ўқилиб, уларнинг ҳаёти ва ижодий фаолиятига бағишланган бадиий чиқишлар иштирокчиларда катта қизиқиш уйғотди.
Мазкур маданий тадбир миллий қадриятларимизни тарғиб этиш, ёшлар онгида китобхонлик ва адабиётга бўлган муҳаббатни оширишда муҳим аҳамият касб этди.
Мазкур тадбир Оққўрғон тумани маданият марказида ўтказилиб, унда туман фаоллари, соҳа вакиллари, ҳарбий хизматчилар ҳамда жамоатчилик иштирок этди.
Байрам тадбирини туман ҳокими Тўра Боболов байрам табриги нутқи билан очиб, Ватан ҳимояси йўлида сидқидилдан хизмат қилаётган ҳарбийлар ва ҳуқуқ-тартибот органлари ходимларини ушбу улуғ айём билан самимий муборакбод этди. Табрик сўзида юртимиз тинчлиги, халқ осойишталиги ва давлат хавфсизлигини таъминлашда Ватан ҳимоячиларининг ўрни беқиёс экани алоҳида таъкидланди.
Тадбир давомида туман маданият бўлими ходимлари томонидан тайёрланган мазмунли ва ранг-баранг бадиий дастур намойиш этилди. Қўшиқ ва рақслар, саҳна кўринишлари орқали ватанпарварлик, фидойилик ва жасорат ғоялари тарғиб қилинди. Бадиий чиқишлар тадбир иштирокчиларига юксак кайфият улашиб, байрамга янада кўтаринки руҳ бағишлади.
11 февраль – илм-фан соҳасидаги хотин-қизлар” халқаро куни муносабати билан Mаданият ва ёшлар марказида “Илм-фанда хотин-қизлар ойлиги” доирасида маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.
Тошкент вилояти Оққўрғон тумани Маданият бўлими
да “Сиз экологияга оид қонунларни биласизми?” номли кўрик-танловнинг туман босқичи Оққўрғон тумани Экология бўлими билан ҳамкорликда юқори савияда ташкил этилди.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-sonli "Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosida
Oqqo‘rg‘on tumani Yoshlar bog‘ida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Yulduz bilan sayohat” artist loyihasining yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda taniqli san’atkorlar hamda yosh ijodkorlar tomonidan jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Konsert davomida tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashilib, yoshlar o‘rtasida san’atga mehr va ijodiy muhitni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilib kelinmoqda.
16-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari "Siyosiy ma'rifat soati"da onlayn ishtirok etishdi.
Mazkur "Siyosiy-marifat soat"da yurtimizda boʻlayotgan yangiliklar va oʻzgarishlar yoritildi.
8 март — Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан 2026 йил 7 март куни Оққўрғон тумани марказий маданият марказида “Аёлга бахт беринг!” номли туман миқёсидаги байрам тадбири юқори кайфият ва кўтаринки руҳда бўлиб ўтди.
Мазкур тадбирда тумандаги ижтимоий-иқтисодий соҳаларда фаолият юритаётган хотин-қизлар, шунингдек, 29 та маҳалла фуқаролар йиғинларидан ташриф буюрган 400 нафардан ортиқ аёллар иштирок этди. Улар учун алоҳида байрамона муҳит яратилиб, меҳр ва эътиборга тўла дастур ташкил этилди.
Байрам тадбири Оққўрғон туман ҳокими Тўра Боболов кириш сўзи билан очиб бериб, ўз нутқида самимий табригини тадбир иштирокчиларига етказиб, хотин-қизларнинг жамият тараққиётидаги ўрни ва фидокорона меҳнатини алоҳида эътироф этди. Шундан сўнг маҳалла фуқаролар йиғиниларида фаолият юритаётган хотин- қизлар фаолларига ташаккурнома ва эсталик совғаларини топширди. Шунингдек тадбиркор аёллар ўртасида ўтказилган ижтимоий лойиҳа ғолибларига махсус "ваучер"лар топширилди.
Шундан сўнг туман маданият бўлими ижодкорлари томонидан тайёрланган ранг-баранг концерт дастури намойиш этилди. Куй ва қўшиқлар, дилбар рақслар ва саҳнавий чиқишлар тадбир иштирокчиларига байрамона кайфият бағишлади. Айниқса, рақс дасталари қизлари ижросидаги жозибадор рақслар йиғилганларга унутилмас таассурот қолдирди.
Оққўрғон туманида ёшлар орасида театр санъатига бўлган қизиқишни ошириш, ўқувчиларнинг ижодий қобилиятларини намоён этиш ҳамда миллий қадриятларимизни тарғиб қилиш мақсадида “Турон” театр танловининг туман босқичи бўлиб ўтди.
Мазкур танлов Оққўрғон туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими, туман маданият бўлими ҳамда туман “Келажак” маркази ҳамкорлигида ташкил этилди. Унда тумандаги умумтаълим мактаблари жамоалари фаол иштирок этиб, саҳнада турли мазмундаги бадиий чиқишлар, драматик лавҳалар ва тарбиявий аҳамиятга эга саҳна кўринишларини намойиш этдилар.
Иштирокчилар ўзларининг актёрлик маҳорати, саҳна маданияти, образларни маҳорат билан талқин этишлари ҳамда ижодий ёндашувлари билан томошабинлар ва ҳакамлар ҳайъатида катта таассурот қолдирдилар. Айниқса, миллий анъаналар, оилавий қадриятлар ва ватанпарварлик руҳи акс этган саҳна кўринишлари тадбирга алоҳида мазмун бахш этди.
2026-yil 4-mart kuni 27-sonli Markaziy madaniyat markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Brilliant ayolsiz” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmatini ulug‘lash maqsadida tashkil etildi.Tadbir davomida madaniyat markazi ijodkorlari hamda to‘garak a’zolari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna chiqishlari namoyish etildi. Konsert dasturi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.Mazkur tadbirda tuman aholisi, ayniqsa xotin-qizlar faol ishtirok etib, ular uchun tashkil etilgan badiiy chiqishlardan mamnun bo‘ldilar.