Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tuman Madaniyat bo’limida tashkil etilgan“To’rg’ay” folklor-etnografik xalq jamoasi to‘g‘risida
MA’LUMOT
“To’rg’ay” folklor etnografik jamoasi dastlab 1989 yil Qurbonovlar oilaviy ansambli asosida tashkil topgan. Xozirgi kunda ansamblga A.Saparov badiiy raxbarlik qilib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xay’atining 2015 yil 2 maydagi 3-sonli karoriga binoan «To’rg’ay» folklor-etnografik ansambli «Xalq xavaskorlik jamoasi» unvoniga sazovor bo’ldi.
2016 yil 26-28 may kunlari Buxoro shahrida bo’lib o’tgan “Ipak va ziravorlar” festivalida “To’rg’ay” xalq folklor-etnografik ansambli o’z dasturlari bilan ishtirok etishdi. jamoa “Eng yaxshi dastur” nominatsiyasi bo’yicha diplom bilan taqdirlandi
2018 yil 6-10 sentyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o’tkazish to’g’risida” 2018 yil 6 apreldagi PQ-3656-son qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shaxrida “I Xalqaro Maqom san’ati anjumani” ni o’tkazildi va bu anjumanda dunyoning 70dan ziyod mamlakatidan ishtirokchi va mexmonlar tashrif buyurishdi. Toshkent viloyatidan Oqqo’rg’on tumanimizdagi “To’rg’ay” folklor-etnografik xalq ansambli faol ishtirok etib o’zining rang-barang dasturlari xamda kuy qo’shiqlari bilan tashrif buyurgan mexmonlarning olqishiga sazovor bo’ldi. Ayniqsa, 20 nafar ishtirokchidan iborat bo’lgan ushbu jamoa o’zining viloyatimizga xos bo’lgan urf-odatlarimiz va ananalarimiz aks ettirilgan yangi dasturi bilan chet ellik sayyoxlarda katta qiziqish uyg’otdi. Xalqaro Maqom san’ati anjumanining Tashkiliy qo’mitasi tomonidan jamoa raxbari va qatnashchilari, jumladan S.To’xtaev, A.Qurbonov, B.Mirzaev, A.Saparov, X.Qurbonov, X.Ibaydullaev, S.Abdunazimovlar faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
2019 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o’tkazish to’g’risida”gi PQ-3990-son Qaroriga muvofiq, Toshkent shaxar Do’rmon Madaniyat markazida Madaniyat bo’limi qoshida faoliyat yuritayotgan “To’rg’ay” xalq folklor etnografik jamoasi Xalqona Baxshichilik festivalining viloyat bosqichida Shox uloq udumi bilan birinchi o’rini egalashib, Surxandaryo viloyati Termiz shaxrida o’tkaziladigan xalqaro baxshichilik fesivalida qatnashi belgilandi.
2019 yil 1-14 aprel kuniga qadar tuman “To’rg’ay” xalq folklor etnografik jamoasi Surxondaryo viloyatining Termiz shaxrida o’tkazilgan Xalqano baxshichilik festivalda o’zlarining qiziqarli kontsert dasturlari bilan xalqimiz xamda xorijiy mexmonlari xushnud etishdi. Jamoa Surxondaryo viloyati xokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.
2019 yil Unut bo’layotgan urf-odatlar, udumlar, qadriyatlar xamda to’y marosimlari, kelajak avlodga etkazish va milliy merosimizni qadriyatlash va ularni asrash maqsadida fol’klor-etnografik ansambllarining 17 aprel kuni Ohangaron tumani O’rg’oz qishlog’ida, Madaniyat boshqarmasi, “Oltin meros” xayriya jamoat fondi, Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat “Maxalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda Xalqaro “Iloq” etnografik festivali o’tkazildi. Festivalda Oqqo’rg’on tumani Madaniyat bo’limi qoshida faoliyat yuritayotgan “To’rg’ay” xalq folklor etnografik jamoasi tumanning urf odatlarini aks ettiruvchi dasturlari ishtirok etdi.
2019 yil 27-28 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o’tkazilgan “Boysun baxori” ochiq folklor festivalida Respublikamizning barcha viloyatlaridan qatnashgan folklor jamoalari qatorida tumanimizning Madaniyat bo’limi qoshidagi “To’rg’ay” folklor etnografik xalq jamoasi xam Toshkent viloyati nomidan faol ishtirok etdi.Ushbu jamoa festivalda o’zining “Shox uloq” to’y marosimi kompozitsiyasi bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldi. Dasturining yorqinligi va qiziqarliligi hay’at a’zolari tomonidan yuqori baxolanib, faxrli III-darajali diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
2019 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o’tkazish to’g’risida”gi PQ-3991-son Qaroriga muvofiq joriy yilning 10-15 sentyabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tuman Madaniyat bo’limi qoshida faoliyat yuritayotgan “Yodgor”, “To’rg’ay” xalq folklor etnografik jamoasi xamda “Navro’zi ajam” ashula va raqs ansambllari o’atnashchilari ishtirok etishdi. Xalqaro hunarmandchilik festivalida o’zlarining tumanimizga xos bo’lgan urf-odatlari ananalarini aks etiruvchi teatrlashtirilgan kontsert dasturlari bilan qatnashishdi.
O’zbekiston MTRK sining Madaniyat va ma’rifat telekanali “Ona zamin ohanglari” teleko’rsatuvida qatnashildi. 2022 yil May oyida Surxondaryo viloyatida bo’lib o’tgan “Boysun bahori” xalqaro folklore festivalida qatnshildi. 2022 yil May oyida Surxondaryo viloyatida bo’lib o’tgan “Boysun bahori” xalqaro folklore festivalida qatnshildi. O'zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 59-son bayonida O'zbekiston Respublikasining 2021-2022-уillаrdа SHXTga raisligi doirasidagi tаdbirlаrgа tаууоrgаrlik kо'rish va ulаrni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha Tashkiliy qo'mita yig'ilishining 1-sоn bayonida (XDFU) belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2022-yil 24-iyundagi N/-02-12-06-2586-sonli xatiga asosan Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasining 2022 yil 24-iyundagi 61/1-ich –sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash , Samarqand viloyati tadbirga tаууоrgаrlik ko'rish maqsadida 15 nаfаr xodimlardan ibоrаt Oqqo’rg’on tumani Madaniyat bo’limi qoshida tashkil etilgan “To’rg’ay” folklor etnografik jamoasi jоriу yilning 10-avgust kunidan 23 – avgustga qadar xizmat sаfаrigа yuborildi.
Jamoada 15 nafar ijodkor havaskorlar ishtirok etadi. Jamoa har yil boshida viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan yangilangan repertuar rejasi asosida milliy urf-odat va qadriyatlarni, marosim va an’analarni targ‘ib qiluvchi dasturlari bilan bayram va sayllarda ishtirok etib kelmoqda.
Jamoa badiiy rahbari: Saparov Abdulla O’skanovich.
MASHG'ULOTLARDAN LAVHALAR
1989 yil tashkil etilgan,1998 yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari Vazirligining 26 yanvar 1998 yildagi 8\1-sonli qaroriga asosan.
27-sonli Markaziy madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan "Yodgor" namunali bolalar folklor jamoasi 2010-yilda tashkil etilgan, bolib 2014-yil 15-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi Xayatining 4-sonli buyrug'iga asosan havaskorlik san'atini rivojlantirish va milliy qadriyatlarni tiklashdagi faol xizmatlari hamda ijrochilik mahorati uchun "Bolalar namunali jamoasi" unvoni berilgan. Xozirgi kunda jamoa milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylab yosh avlodga etkazishida o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Jamoa repertuaridan milliy o'yinlar ,o'lan va laparlar, aytishuvlar joy olgan.